Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRga ortiq bosim qilinmaydi, lekin sanksiyalar hozircha o‘zgarishsiz qoladi – Donald Tramp
1 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Kim Yong Cholni qabul qilib, muzokaralar o‘tkazgan.
Tramp KXDRdan tashrif buyurgan delegatsiyasi tomonidan juma kuni unga taqdim etilgan Kim Chen Inning maktubini «juda qiziq» deb atagan.
«Bu juda qiziq xat ekan», degan AQSh yetakchisi Donald Tramp KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Kim Yong Chol bilan Oq uydagi uchrashuvidan so‘ng jurnalistlarga. Biroq Tramp xatning mazmuni bilan o‘rtoqlashmagan.
«Men hali uni ochib ko‘rmadim. Men undan (KXDR emissaridan — tah) «uni hozir ochib ko‘rishimni istaysizmi?» deb so‘radim. U: «xatni keyinroq ham o‘qisangiz bo‘ladi», — dedi, degan AQSh prezidenti.
Uchrashuv asnosida juda ko‘p masalalar, jumladan KXDRga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar ham muhokama etilgan.
«Bu juda qiziq uchrashuv bo‘ldi. Avvalo, menga shunchaki xatni topshirish marosimi bo‘lishi kerak bo‘lgan tadbir Shimoliy Koreyadagi ikkinchi shaxs bilan ikki soatlik suhbatga aylanib ketdi. Biz hamma narsa haqida, jumladan sanksiyalar haqida ham gaplashdik», — degan Tramp muzokaralardan so‘ng jurnalistlarga.
AQSh prezidenti KXDRga nisbatan «maksimal bosim» iborasini ortiq ishlatishni istamayotganini bildirib o‘tgan.
«Men «maksimal bosim» iborasini boshqa ishlatishni istamayman, chunki bizga birga ishlab ketamiz. Munosabatlarimizni ko‘rib turibsiz», — degan AQSh Donald Tramp KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Kim Yong Chol bilan Oq uydagi uchrashuvidan so‘ng jurnalistlarga.
Sanktsiyalar haqidagi savollarga javob berar ekan, Tramp hozircha hammasi avvalgidek qolaverishini aytib o‘tgan.
Donald Tramp KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Kim Yong Chol bilan Koreya urushiga yakun yasalganini muhokama qilganini ham aytdi.
«Biz urush tugagani haqida suhbatlashdik. Bu eng uzoq davom etgan urush, unga 70 yil bo‘layapti. Tasavvur qila olasizmi, biz Koreya urushi tugagani haqida suhbatlashdik», — degan Tramp jurnalistlarga.
Tramp tinchlik shartnomasiga oid kelishuvlarni uning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvi natijasi o‘laroq qabul qilish mumkinligini inkor etmadi.
Tramp Singapurda 12 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Kim Chen In bilan uchrashuvda hech qanday hujjat ostiga imzo chekmasligini alohida ta'kidladi.
«Biz 12 iyun kuni biror narsani imzolamoqchi emasmiz, biz bunga hech qachon tayyorgarlik ko‘rganimiz yo‘q. Biz jarayonni ishga tushiramiz», — dedi u jurnalistlarga.
Trampning Kim Yong Chol bilan uchrashuvi 1,5 soat davom etgan. Tramp shaxsan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan o‘zi KXDR emissarini avtomobiligacha kuzatib qo‘ygan.
«Ruslarning Kim Chen In bilan uchrashuvi menga yoqmadi. Men bu uchrashuvdan maqsad nima, dedim? Lekin bu ijobiy uchrashuv ham bo‘lishi mumkin-ku. Agar bu ijobiy uchrashuv bo‘lsa, u menga yoqadi… u ijobiy bo‘lishi ham mumkin», — degan AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Kim Yong Chol bilan Oq uydagi uchrashuvidan so‘ng jurnalistlarga.
Payshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning KXDRga safari bo‘lib o‘tgan edi. Pyongyangda Lavrov shimoliy koreyalik hamkasbi Li Yong Ho bilan uchrashibgina qolmasdan, KXDR yetakchisi Kim Jong In bilan ham uchrashgan edi. Muzokaralar mavzusi Koreya yarimoroli atrofidagi vaziyat bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
08:37 / 16.05.2026
Tramp: Xitoy hukumati Jimmi Layni ozod qilish niyatida emas
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
08:29 / 15.05.2026