Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko ogohlantirish bilan chiqdi
Foto: Mohamed Nureldin Abdallah/Reuters
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko jahonda saqlanib qolayotgan xavotirli va oldindan taxmin qilish qiyin bo‘lgan vaziyat fonida mamlakat chegaralari yaqinida kuchlar to‘qnashuvi yuz berishi mumkin ekanidan ogohlantirdi.
«Bugun dunyoda hamon xavotirli va oldindan taxmin qilish mushkul bo‘lgan vaziyat saqlanmoqda, kurash deyarli barcha qit'alarda yuz beryapti. Kuchlar to‘qnashuvi keskinlashmoqda, jumladan, Belarus chegaralari yaqinida ham», - dedi Lukashenko.
Uning ta'kidlashicha, jahondagi tashvishli vaziyat, shuningdek, terrorchilik tahdidlari «chegaraoldi organlari jangovar tayyorgarligining yuqori darajasini muntazam ushlab turishga» majbur qilmoqda.
«Bugun belaruslik chegarachilar nafaqat o‘z davlati milliy manfaatlari yo‘lida, balki mintaqaviy, shuningdek, xalqaro xavfsizlikni himoya qilish maqsadida shay holatda turgani muhim narsa», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.
Bundan tashqari, uning ko‘rsatishicha, Belarus «transchegaraviy jinoyatchilik haqida ogohlantirish va uni bartaraf etishda ko‘plab davlatlarning ishonchli hamkori sanaladi». Qayd etilishicha, mamlakat harbiy xizmatchilari Yevroittifoq davlatlariga noqonuniy migrantlar oqimini pasaytirishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko «sovuq urush» qaytganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025
Lukashenko unga qarshi namoyish yetakchilarini ozod qildi. Nega?
21:24 / 27.11.2025