Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Pentagon bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qildi
Google’ning bulutli xizmatlar boshlig‘i Dayan Grinning aytishicha, kompaniyaning AQSh mudofaa vazirligi bilan kelishuvi kompaniya xodimlari noroziligiga sabab bo‘lgan va boshqa uzaytirilmaydi.
Project Maven loyihasi bo‘yicha tuzilgan kelishuv muddati 2019 yilda yakunlanadi. Yaqin orada Google sun'iy ong bilan ishlashning yangi axloq qoidalarini chop etmoqchi.
Maven loyihasi dronlardan olingan suratlarni sun'iy ong yordamida tahlil qilishga, jumladan suratlarda aks etgan odamlarni tanishga mo‘ljallangan.
2018 yil may oyida kompaniyaning 10 ga yaqin xodimi loyiha sababli bo‘shashga qaror qilganlari ma'lum bo‘lgan. Ular o‘z qarorlarini harbiy vazifalarni hal qilishda Google texnologiyalarini qo‘llash sababli yuzaga kelgan axloqiy ziddiyatlar bilan tushuntirishgan. Loyihaga qarshi petitsiyani kompaniyaning 6,4 mingdan ko‘proq xodimi imzolagan.
Mavzuga oid
17:22 / 03.04.2026
Pit Hegset uch nafar yuqori martabali generalni iste’foga chiqardi
14:08 / 29.03.2026
The Washington Post: Pentagon Eronda quruqlik amaliyoti o‘tkazishga tayyorlanmoqda
19:47 / 18.03.2026
Pentagon Ukrainaga harbiy yordamni muvofiqlashtirgan generalga qarshi tergov yuzasidan hisobot berdi
16:27 / 02.03.2026