20:53 / 03.06.2018
3886

Tunisda muhojirlar kemasi halokatga uchrashi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi 

Foto: AFP

Tunislik qutqaruvchilar Tunis sohillari yaqinida, O‘rta yer dengizida kema halokati sababli cho‘kib ketgan 37 noqonuniy muhojir jasadini suvdan chiqarib olishdi.

Shuningdek, 68 kishini, jumladan 60 tunislik va Afrika davlatlari fuqarolarini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. 

Ma'lum qilinishicha, 2 iyunda mahalliy vaqt bilan soat 23larda qutqaruvchilar Sfaks port shahridan 16 dengiz mili uzoqligida kema halokatga uchrayotgani haqida xabar olishgan. 

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar jo‘natilgan. Ayni vaqtda qutqaruv ishlari davom etmoqda.  

Top