Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya KXDRga iqtisodiy yordam ko‘rsatish uchun o‘z shartini aytdi
Yaponiya TIV rahbari Taro Kononing ma'lum qilishicha, Tokio Pxenyanga iqtisodiy yordam ko‘rsatishga tayyor, faqat u raketa va yadro dasturi muammosini kompleks hal qilishi lozim. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya KXDR bilan diplomatik munosabatlar yaxshilanishiga tayyor, bu ham Koreya yarim oroli butunlay yadrosizlanganidan so‘ng yuz beradi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQShga 6 iyun kuni yo‘l olib, Amerika prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvi tufayli «yapon-amerika ikki tomonlama kun tartibi masalalarini aniqlashtirib olmoqchi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Kim Chen Inga taklif bilan chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
20:27 / 09.06.2026