Sport | 23:20 / 05.06.2018
37527
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi sportchilari - Messi va Ronaldu peshqadamdan ancha ortda

Forbes jurnali dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi sportchilari reytingini e'lon qildi.

Birinchi o‘rinni amerikalik bokschi Floyd Meyvezer egalladi. U bir yil davomida 285 million dollar ishlab oldi. Shundan 275 million dollarni Konor Makgregorga qarshi jangdagi g‘alabadan so‘ng qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rinni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi (111 million), uchinchi o‘rinni "Real" to‘purari Krishtianu Ronaldu (108 million) egalladi.

Top-10 dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi sportchilari:

1. Floyd Meyvezer (Boks, AQSh) - $ 285 million 
2. Lionel Messi (futbol, Argentina) - 111  
3. Krishtianu Ronaldu (futbol, Portugaliya) - 108
4. Konor Makgregor (MMA, Irlandiya) - 99
5. Neymar (futbol, Braziliya) – 90
6. Lebron Jyeyms (basketbol, AQSh) – 85,5
7. Rojyer Federer (tennis, Shveytsariya) – 77,2
8. Stefen Karri (basketbol, AQSh) – 76,9
9. Mett Rayan (amerikacha futbol, AQSh) – 67,3
10. Mettyu Stefford (amerikacha futbol, AQSh) – 59,5

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid