Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yilning 1-choragida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari haqida ma'lumot berildi
Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, keramik plitkalar ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 185,1%ga ko‘paydi. Bu haqda Iqtisodiyot vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, 13,6 ming tonna qurilish gipsi (112,5%), 5,8 ming tonna ohak (188,6%), 36,4 ming tonna shifer (128,3%), 1849,7 ming tonna sement (92,3%), 1782 ming m² qurilish oynasi (94,9%) ishlab chiqarilgan.
Hisobot davrida keramik plitkalar, devorbop materiallar, qurilish gipsi, shifer, ohak kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha o‘sish sur'atlari qayd etilgan. Shu bilan birga, ayrim korxonalarda ishlab chiqarishning energiya tejamkor usullari tatbiq etilmagani sababli ishlab chiqarish hajmi pasaygan.
Shuningdek, joriy yilning birinchi choragida devorbop va pardozbop materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilgan va yangi quvvatlar tashkil etilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
08:48 / 27.06.2026
Strategik resurslar xaritasi: qaysi davlat nimani nazorat qiladi?
17:48 / 23.06.2026