Jahon | 07:32 / 05.06.2018
7528
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kim Chen In bilan 12 iyunda uchrashishi tasdiqlandi

Foto: AP /Evan Vucci, Korea Summit Press Pool/AP

AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning tarixiy uchrashuvi 12 iyunda Singapurda mahalliy vaqt bilan soat 9da bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders jurnalistlar uchun brifingda ma'lum qildi.

“Ilk uchrashuvning jadvalini ma'lum qilishim mumkin – uchrashuv 12 iyunda Singapur vaqti bilan soat 9da boshlanadi”, deb aytgan Sanders.

“Biz prezident sammitiga tayyorlanishni davom ettirmoqdamiz. Aytishim mumkin, prezident uchun har kuni uning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilari jamoasi tomonidan Shimoliy Koreya bo‘yicha brifinglar o‘tkazilmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan Sanders.

“Singapurdagi ilg‘or guruh logistik tayyorgarlikni tugatmoqda va sammit boshlanmaguncha u yerda qoladi. Qurolsizlashtirilgan hududda esa AQSh elchisi delegatsiyasi Shimoliy Koreya delegatsiyasi bilan diplomatik muzokaralarni davom ettirmoqda, maslahatlashuvlar juda ijobiy bo‘ldi”, deb ta'kidlab o‘tgan Oq uy matbuot kotibi.

Sandersning aytishicha, AQSh bo‘lib o‘tajak sammitga faol tayyorlanmoqda.

Mavzuga oid