Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan chiqishga qo‘yilgan taqiqni qanday tekshirish mumkin?
Ba'zan ma'lum bir shaxs chipta sotib olib, aeroportga kelganida unga O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov qo‘yilgani ma'lum bo‘lgani, bunga ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik borligi olib kelgani haqida eshitib qolamiz.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi saytida kommunal xizmatlar va alimentlar uchun qarzdorlarning elektron bazasi bor.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu bazaga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarga chet elga chiqish taqiqlangan. Taqiq kommunal qarzdorliklar va alimentlarni to‘lamaganlik uchun tegishli sudning qarori asosida qo‘yilishi mumkin.
Chiqishga cheklovni quyidagi havola orqali o‘tib, tekshirib ko‘rish mumkin:
Shu bilan birga, siz tegishli ustunlarga o‘z familiyangiz, ismingiz va otangizning ismini kiritishingiz kerak.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
08:33 / 24.04.2026
Aliment qarzi bor shaxslarga ayrim bitim va xizmatlar cheklanadi
09:00 / 22.04.2026
Ayrim qarzdorliklar soddalashtirilgan tartibda undiriladi
14:14 / 23.03.2026