Sport | 21:26 / 06.06.2018
14332
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona shifoxonaga yotqizildi

Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona Kolumbiyaning Kali shahridagi shifoxonaga yotqizildi. The Sun xabariga ko‘ra, bu yerda uning tizzasi operatsiya qilinadi. 

Xabar qilinishicha, Maradona bir necha oydan buyon chap tizzasida og‘riq his qilmoqda. 17 yil muqaddam uning ikki tizzasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan jarroh German Ochoa bu safar ham operatsiya o‘tkazishi belgilangan. Maradona shifoxonada 6-8 kun qolishi kutilmoqda.

Biroz avvalroq Maradona Brestning «Dinamo» klubi ijrochi direktori etib tayinlangandi. Klub u bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid