Jahon | 13:34 / 06.06.2018
3714
1 daqiqa o‘qiladi

Nikaraguada tartibsizliklar, 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS

Nikaraguada politsiya va namoyishchilar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar natijasida besh kishi halok bo‘ldi.

BBC xabariga ko‘ra, Nikaragua rasmiylari hukumatga qarshi qaratilgan aksiyalar va ommaviy tartibsizliklar davomida qurbonlar soni ortib borayotgani tufayli namoyishchilarni muzokaralar stoliga o‘tirishga chaqirgan.
 
Nikaraguada hukumatga qarshi aksiyalar aprel oyidan beri davom etmoqda. Bugungi kungacha qariyb 120 kishi halok bo‘ldi. Muxolifatning ta'kidlashicha, hukumatga yaqin qurollangan guruhlar namoyishchilarga qarata o‘t ochmoqda, talon-taroj qilmoqda va fuqarolarning huquqlarini poymol etyapti.

Nikaraguada hukumat ijtimoiy sug‘urta tizimini isloh qilishga qaror qilgandan keyin norozilik boshlandi. Aktsiyalar ishtirokchilari prezident Daniel Ortega va «Sandinista milliy ozodlik fronti» hukumati iste'fosini talab qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid