Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Professor-o‘qituvchilarni yig‘ilish va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini ularning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlanmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida qat'iy ogohlantirilmoqda.
Barcha oliy ta'lim muassasalarida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy ta'lim muassasalaridagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o‘qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashlari tashkil etilsin.
Quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
- ta'lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;
- oliy ta'lim muassasalariga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish;
- talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
- oliy ta'lim muassasasidagi ta'lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va muassasaning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.
- Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta'minlash Yoshlar ittifoqining oliy ta'lim muassasasidagi yetakchisi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oliy ta'lim muassasalari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlanadi.
Belgilanmoqdaki, 2018 yil 1 sentabrdan boshlab:
- oliy ta'lim muassasalariga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a'zolari ishtirokida sinov darsi o‘tkazish natijalari bo‘yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi;
- O‘zbekiston va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta'lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etiladi.
Mavzuga oid
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:27 / 17.03.2026