Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon yadroviy qurolni izlash bo‘yicha maxfiy tadqiqotlar olib bormoqda – Reuters
Pentagon Shimoliy Koreya va boshqa davlatlar hududidan yadroviy raketalar otilishi mumkinligini oldindan bila oladigan hamda bunday raketalarni uchirishga mo‘ljallangan mobil qurilmalar harakatlanishini kuzata oladigan sun'iy ong yaratish bo‘yicha maxfiy tadqiqotlar olib bormoqda. Bu haqda yuqori lavozimdagi amaldorlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Bu ma'lumotlar 10 dan ko‘proq rasmiy shaxs tomonidan tasdiqlangan. “Bu dasturlar haqidagi ma'lumotlar deyarli chop etilmaydi”, deb yozgan axborot agentligi.
Agar dastur muvaffaqiyatli yakunlansa, Pentagonning kompyuter tizimlari sayyoramizning biror yerida yadroviy pusklarga tayyorgarlik ketayotgani alomatlarini aniqlash maqsadida katta hajmdagi ma'lumotlar va sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarni tahlil qila oladi. Shu tariqa amerikalik diplomatlar xalqaro munosabatlardagi keskinlikni hal qilish uchun, amerikalik harbiylar esa raketalarni uchirilishigacha yo‘q qilish yoki urib tushirish uchun qo‘shimcha vaqt oladilar,
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning keyingi yilga harbiy byudjyetida sun'iy ong negizidagi bunday dasturlarni yaratishni moliyalashtirishning 3 marta, ya'ni 83 mln dollargacha oshishi ko‘zda tutilgan.
Manbalardan birining aytishicha, raketa pusk qurilmalarini kuzatish tizimining ilk prototipi AQSh armiyasida sinovdan o‘tayotganiga qaramasdan, bu dastur umuman olganda boshlang‘ich bosqichda.
Axborot agentligi tomonidan so‘ralgan mutaxassislarning fikricha, bunday dasturlarning kamchiliklari bo‘lishi mumkin. Jumladan, AQSh armiyasi generali Jon Xaytenning fikricha, Pentagon yadroviy qurol bilan bog‘liq har qanday inqirozga javob berishni mashinalar emas, insonlar hal qilishiga ishonchi amin bo‘lishi kerak.
Boshqa mutaxassislarning fikricha, Xitoy va Rossiya kabi davlatlar o‘z raketalarini sun'iy ongdan yashirishni o‘rganib olib, ushbu tizimlarni aldashga urinib ko‘rishlarining katta ehtimoli mavjud.
Mavzuga oid
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
08:46 / 22.05.2026
RF dengiz tubiga yadroviy qurol joylashtirishi mumkinligi aytildi
21:13 / 12.05.2026