Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda «Ochiq janub» forumi, 365 mln dollarlik bitimlar imzolandi
2-3 iyun kunlari Termizda «Ochiq janub» xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. U investitsion hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirish va Surxondaryo viloyati ishlab chiqaruvchilarining eksport salohiyatiga bag‘ishlandi. Bu haqda Davlat investitsiyalar qo‘mitasi xabar qildi.
Ikki kunlik tadbir vazirlik va idoralar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, 20 mamlakatdan bo‘lgan xorijiy kompaniyalar rahbarlari va mintaqaning qishloq xo‘jaligi, turizm va savdo sohasi bilan shug‘ullanuvchi 180dan ortiq vakillarni birlashtirdi.
«Ochiq janub» forumi doirasida turli viloyatlar kelgan 40dan ziyod mahalliy ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ko‘rgazma ochiq biznes-maydonchaga aylanib, unda tadbirkorlar biznes loyihalarini birgalikda ishlab chiqish uchun hamkorlar topdilar.
Uchrashuvlar natijasida umumiy qiymati 365 mln dollarlik 60ta kelishuv imzolandi. Xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha 251.7 mln dollarlik 19ta va mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha 113.8 mln dollarlik 41ta hujjatga imzo qo‘yilgan.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
17:03 / 23.05.2026