Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JB: O‘zbekiston iqtisodiyoti 2018-2019 yillarda Yevropadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan tezroq o‘sadi
Jahon banki tahlilchilarining fikricha, 2018-2019 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan tezroq o‘sib boradi.
«2018 va 2019 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur'ati mos ravishda 5 va 5,1 foizni tashkil etadi. Bu 2018 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3,2 foizga va 2019 yilda 3,1 foizga ko‘pni tashkil etadi», - deyiladi Jahon banki ma'lumotida.
Bank tahlilchilarining fikricha, xomashyo resurslari iste'molining kamayishi bo‘yicha uzoq muddatli istiqboldagi prognoz, daromadlari xomashyo tovarlar eksportiga bog‘liq bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarning uchdan ikki qismi uchun muammo yaratishi mumkin.
«Bu iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va moliya-byudjyet hamda pul-kredit siyosatining asoslarini mustahkamlash zarurligini oshiradi», - deya ma'lum qildi Jahon bankining rivojlanish iqtisodiyoti bo‘yicha katta direktori Shantayanan Devarajan.
Hisobot mualliflari siyosatchilarni uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish istiqbollarini yaxshilaydigan islohotlarni amalga oshirishga chaqiradilar.
«Ilmiy-texnik sohadagi tezkor o‘zgarishlar professional tayyorgarlikni rag‘batlantirish va savdo-sotiq raqobatbardoshligi hamda savdo ochiqligini oshirishning muhimligini aniq ko‘rsatmoqda», - deyiladi hisobotda.
Prognozlarga ko‘ra, mintaqa iqtisodiyotining o‘sish sur'ati o‘rtacha bo‘ladi: 2018 yilgi ko‘rsatkich yuqoriga qarab qayta ko‘rib chiqiladi va 3,2 foizni tashkil etadi, 2019 yilda esa 3,1 foizgacha kamayadi.
Mavzuga oid
10:35 / 10.07.2026
Jahon banki O‘zbekiston uchun eng istiqbolli uch sohani sanadi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
21:16 / 29.06.2026