Hayotni yaxşilik sari özgartiriş va har bir kundan lazzatlanişning 3 usuli
|21:17 / 07.06.201842 53911 min
Foto: Pixabay
1-usul. Özingizni anglang
Yodda tuting: hayot bu – yöl, bölişingiz oldindan belgilab qöyilgan punkt emas.
Siyqasi çiqqan, biroq dolzarb fikr. Tölaqonli hayot keçiriş – har bir kunni his etiş, yangi narsalarni örganiş, bir narsa yölida qolganlarini qurbon qilmaslik. Boşlanişida siz öylagandek bölmasa, tuşkunlikka tuşmang. Bu normal holat.
Özingiz va atrofdagilarga nisbatan haqgöy böling
Yolğon quvvatni “sörib oladi” va odamni baxtsiz qiladi. Tasavvur qilib köring-a, aldayotgan vaqtingizda kutilmaganda oğzingizdan çiqib ketmasligi uçun qança narsani esda tutiş kerak. Bu yerda heç qanday baxt bölişi mumkin emas. Bundan taşqari, agar özingizga nisbatan haqgöy bölmasangiz, rivojlana olmaysiz. Atrofdagilarni aldasangiz, munosabatlarda işonç va yaqinlik yöqoladi.
Odamlar turli sabablar tufayli yolğon gapirişadi. Körolmaslik, xafa qilib qöymaslik, oşkora bölişdan qörqiş yoki mojaro yuzaga kelişidan xavfsiraş kabilar şular jumlasidan. Rostgöy böliş murakkab, biroq aynan şu yöl bilan tölaqonli hayot keçiriş mumkin.
Özingizni qabul qilişni örganing
Köpinça ötmişdagi muvaffaqiyatsizliklarni esga olib, özimizdagi salbiy jihatlar haqida öylaşga juda köp vaqt sarflaymiz. Qaysi xislatimiz yoqmasligi, uni qanday qilib özgartiriş haqida öylab, boşqa insonga aylanişimiz kerak deb hisoblaymiz. Hayotni bu kabi ötmişdagi öylarga sarflaş – hozirgi kunni his etmaslik va kelajakdagi yangi narsalarga “yopiq” bölişni anglatadi. Özingizni boringizça sevişdek ongli qarorni qabul qiling. Xotiralar va salbiy fikrlarning oğir yukidan xalos böling.
Qadriyatlaringizni aniqlang
Qadriyatlar belgilab olingaç, qarşi çiqiş imkonsiz bölgan hayotiy maqsadlarni aniqlaş osonroq böladi. Öz fikrlaringizga sodiq böling va özgalar yölingizdan adaştirişiga yöl qöymang. Axir şaxsiy tamoyillarga muvofiq yaşaş doimiy ravişda özgalarning maslahatlariga amal qilişdan köra yoqimliroq.
Özingizni tanqid qilişni bas qiling
Öz-özini tanqid qiliş rivojlanişga yordam beradi degan fikr mavjud. Biroq
Mavzuga oid
ötkazilgan tadqiqotlarga köra, bu yondaşuv odam va uning atrofdagilar bilan munosabatlariga salbiy ta'sir körsatadi. Özingizga qançalik qattiqqöl bölsangiz, atrofdagilarning ham sizga aynan şunday munosabatda bölişlari ehtimoli katta. Inson qadr-qimmatini kamsitiş uni yaxşiroq bölişi va maqsadlarga erişişida yordam bermaydi. Özingizga ijobiy munosabatda böling.
Salbiy fikrlarni ijobiylariga almaştiring. Masalan, “Men omadsizman” örniga özingizga “Hammasi rejadagidek bölmadi. Biroq nima uçun şunday bölganligiga oydinlik kiritaman va kelajakda bunday xatolarga yöl qöymayman. Men istagan narsamga boşqa usul bilan erişiş yölini topaman” deb ayting.
Şaxsiy tanqidni mantiqiy jihatdan tahlil qiling. “Men ahmoqman, guruhdagi barça mendan aqlli” örniga bunday deb öylaşga obektiv asoslar bor-yöqligini öylab köring. Balki maşğulotlarga yaxşi tayyorlanmayotgandirsiz. Balki hammasiga aql emas, dangasalik sababçidir. Fikrlarni şu taxlit öylaş orqali siz özingizni kamsitmagan holda qanday qadamlarni amalga oşirişni tuşunasiz.
Moslaşuvçan böling
Hayot özgarişlarga liq töla. Bu sizga yoqmasa-da, yangi narsalarga oçiq böling va özgarişlarga moslaşişni örganing. Ularni yangi tajribaga ega böliş imkoniyati sifatida qabul qiling. Bunday ijobiy mulohaza moslaşuvçanlikni rivojlantirişga yordam beradi.
“Apple”dan ketiş – men bilan sodir bölgan yaxşi voqealardan. Muvaffaqiyatning oğir yuki faoliyatini endi boşlayotgan, işonçi kamroq tadbirkorning “taşvişsizligi”ga aylandi. Hayotimning eng serhosil davriga qadam qöyiş uçun ozod böldim.
Stiv Djobs, amerikalik tadbirkor, “Apple” ijroçi direktori
Doimo “forma”da böling
Tanangiz haqida ğamxörlik qiliş – tölaqonli hayot yölidagi yana bir qadam. U sizda bor-yöği bitta, uning soğlom ekaniga işonç xosil qilişingiz muhim. Tananing biror qismi oğrib tursa, tölaqonli hayot bilan yaşaş murakkab.
Töğri ovqatlaning. Iloji boriça köproq meva, sabzavot, murakkab uglevodlarni iste'mol qiling. Tarkibida qand miqdori köp bölgan mahsulotlardan çeklanişga harakat qiling, biroq vaqti-vaqti bilan özingizni pirog bölagi bilan siylang.
Sport bilan şuğullaning. Doimiy ravişda bajarilgan jismoniy maşqlar özingizni soğlom va baxtli his etişga yordam beradi.
Özingizni majburlaşni bas qiling
Odamlar köpinça özlarini qadriyat va istaklariga mos kelmaydigan işlarni bajarişga majburlaşadi. Majburlaş tuşkunlik, hafsalaning pir bölişi va ğazab tuyğularini uyğotadi. Agar undan xalos bölinsa, tölaqonli hayot bilan yaşaş osonlaşadi.
Öy-xayollaringiz orasida “men majburman” paydo bölişi bilan nima uçun ana şunday fikrda ekaningizni öylab köring. Bu şifokor maslahati yoki boşqa odamning gözallikni özgaça tuşunişi bilan boğliq bölişi mumkin. Birinçi holatda özgariş haqiqatan ham kerak, ikkinçi holatda esa hatto xavfli bölişi ham mumkin. Özgalar talab qilgan narsalarni emas, özingiz uçun muhim bölganlarini amalga oşiring.
Foto: Pixabay
2-usul. Öz yölingizda davom eting
Qulaylik zonasini tark eting
Özingiz uçun odatiy bölmagan harakatlarni qançalik köp bajarsangiz, natijadorligingiz şunçalik ortadi. Öz oldingizga murakkabroq vazifalarni qöysangiz, yangi narsalarga tezroq moslaşasiz va hayot murakkabliklarini sokinlik bilan qabul qilasiz. Qulaylik zonasidan çiqiş moslaşuvçan bölişga yordam beradi. Bu muhim ekaniga yuqorida oydinlik kiritdik.
Kiçik narsalardan boşlang. Özingiz bilmagan muassasaga borib köring. Kutilmagan sayohatga otlaning va avval şuğullanmagan işingizni bajarib köring.
Realist böling
Könikma va qobiliyatlaringizdan kelib çiqib maqsadlar qöying. Özgalar bilan musobaqa öynaş uçun emas, özingiz uçun muhim narsalarga intiling.
Ba'zi narsalar siz kutmaganingizdek bölişiga tayyor böling
Tölaqonli hayot bilan yaşayotgan odam tavakkalçilikka yöl qöyadi. U natijalarga ega bölgan qarorlar qabul qiladi. Ba'zida ular kutilganidek bölmasligi mumkin. Hayotni oldindan başorat qilib bölmasligini tuşuniş va unga sokinlik bilan munosabatda böliş muhim. Barça narsaga tayyor böliş könikmasi bir qadam oldinda böliş va hodisalarning turli variantlarini oldindan hisoblab köriş imkoniyatini beradi.
Öqib-örganiş imkoniyatini izlang
Bir joyda ötirmang va hayot bir maromda ötib ketişiga yöl qöymang. Faol böling, yangi narsalarni örganing, miyani işlaşga majburlang. Olingan tajriba va özgalar tajribasini tahlil qiling. Bu murakkab vaziyatlarda xotirjam böliş va oldinga işonç bilan harakat qilişga yordam beradi.
Minnatdor bölişni biling
Minnatdorlik bu oddiy tuyğu emas, hayot tarzidir. Ötmiş zarbalariga oğriq sifatida emas, qimmatli tajriba sifatida qarab, ular uçun minnatdor bölinsa, ötmiş zarbalarini yengişga yordam beradi. U yaqinlar bilan munosabatlarni mustahkamlaydi, ularsiz esa tölaqonli hayot keçiriş öta murakkab.
Qarindoş, döst va boşqa muhim odamlarga ular mavjud ekanidan naqadar xursandligingizni ayting. Minnatdorçilik bilan bölişing, uni ifoda etişdan qörqmang va hayotingiz zavq va muvozanatga töladi.
Har bir onni qadrlang va yomon narsalarga diqqatingizni qaratmang. Kundalik hayot gözalliklariga ham ijobiy baho bering. Kiçik narsalar uçun ham minnatdor böling: quyoşning çiroyli botişi, yaxşi ob-havo va mazali qahva.
Kiçik narsalardagi yoqimli jihatlarni köproq sezsangiz, hayot yanada yaxşilanadi.
Kundalik yuriting
Ötgan voqelarni yozib qöyiş bilan çeklanmasdan, ularni tahlil qiling. Siz qanday munosabatda böldingiz, nima uçun sodir böldi, öşanda va hozir nimani his qilyapsiz, bunday vaziyat takrorlansa, qanday yöl tutgan bölardingiz va h.k. Bularning bari hayot yaxşi ketayotgani, yana nimalar ustida işlaş kerakligini körsatadi.
Tabassum qiling
Tabassum – eng yaxşi dori. U zöriqiş gormoni darajasini pasaytirib, kayfiyatni kötaradi. Bundan taşqari u yuqumli. Siz kulsangiz, u boşqalarga yuqadi. Bu hissiy va ijtimoiy aloqalarni yaratişning eng oddiy usuli.
Moddiy narsalar ortidan quvmang
Narsalar köpligidan baxtliroq bölib qolmaysiz. Xaridlarni şoşilinçda amalga oşirmang. Şoping yordamida zöriqişdan xalos bölişga intilmang. Kerakli narsalarnigina sotib oling.
Foydali bölmagan buyumlar töplanib qolgan bölsa, ularni xayriya sifatida taqdim eting. Özingizga yoqmagan narsalardan xalos böling va moddiy qadriyatlardan ozod bölgan hayotda yaşang.
Foto: Pixabay
3-usul. Muloqot qiling
Atrofingizni közdan keçiring
Odam atrofdagilarning tuyğularini şamollaş kabi yuqtirib oladi. Agar kuningizni baxtiyor kişilar bilan ötkazsangiz, özingizni yaxşiroq his etasiz. Agar hayotdan noliydiganlar bilan muloqot qilsangiz, bu sizning kayfiyatingizga ham ta'sir ötkazadi. Faqat salbiy. Şuning uçun zararli odamlarga vaqt ketkazmaslik muhim.
Ehtiyojlaringizni muhokama qiling
Fikrlaringiz va ehtiyojlaringizni işonç bilan ifoda eting. Biroq yodingizda bölsin, atrofdagilarda ham aytilişi kerak bölgan istaklar mavjud. Oçiq va haqgöy böling, odamlarni ayblab, muhokama qilmang.
Özingiz va atrofdagilarni keçiring
Qiyin, biroq qalb uçun foydali. Keçirsangiz, zöriqişdan xalos bölasiz, yiğilib qolgan salbiy hissiyotlarni “qöyib yuborasiz” va yengillikni his etasiz. Odamlarning xulq-atvoriga qaramay, ularni keçirişni örganing. Bu qalbdagi yaralarning bitişiga yordam beradi.
Odamlarni borligiça qabul qiling
Sizga öxşamagan odam bilan muloqot qiliş murakkab böladi. Biroq uni özingizga moslaştirişga harakat qilmang. Yodingizda bölsin, har bir odam - betakror şaxs bölib, sizga nimanidir örgatişi mumkin. Har qanday jamoada ham muloyim böling. Özgalar bilan vaqt ötkazişdan zavq oling. Atrofdagilar sizga qanday munosabatda bölişlarini istasangiz, ularga ham aynan şunday böling.