Olimlarning ta'kidlaşiça, Antarktidadagi Şeklton muzligi yonidagi çöl sayyoramizda biror-bir ösimlik yoki jonzot izlaridan mosuvo bölgan eng quruq joy hisoblanadi.

Science News naşrining xabar berişiça, biologiya doktori Noy Firer boşçiligidagi mikrobiologlar aynan şu çöl Yerda hattoki, biror-bir mikroorganizm ham uçramaydigan joy ekanini aniqlaşdi.

Olimlar bu yerda özining bardoşliligi bilan ajralib turuvçi mikroorganizmlar ham yaşay olmasligining uç omilini topişgan. Bular: kuçli sovuq, şörlangan havo hamda yerning öta quruqligi.

Mutaxassislarning fikriça, bunday keskin şaroitlar hayot vujudga kelişi imkoniyatini batamom yöqqa çiqaradi.

Olimlar muzlikdan 200ta tuproq namunasini olişgan va ularni tahlil qilib çiqişgan. Uning natijalariga köra, uşbu namunalarda eng sodda organizmlarni ham topişning iloji bölmagan.

“Biz steril toza tuproqni aniqladik, deb ta'kidlamayapmiz. Biroq biz uşbu namunalarda hattoki, mikroorganizmlarni ham aniqlay olmaganimiz, bu yerdagi şaroitlar ular faolligining eng oxirgi çegarasi ekanidan darak beradi”, deb ta'kidlab ötişgan olimlar.