Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy xizmatchilar tog‘-dala o‘quv maydonida yangi usulda jangovar tayyorgarlik o‘tashdi (video)
Jizzax viloyatidagi “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda harbiy xizmatchilar jangovar tayyorgarlikning yangi usul va uslublarni o‘zlashtirishiga urg‘u berilganini KUN.UZ muxbiri kuzatdi.
Qo‘shinlarning jangovar tayyorgarlik tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv mashqlari faolligini, ularning samaradorligini oshirish o‘ta muhim vazifa. Shu ma'noda “Forish” tog‘-dala o‘quv poligonida qo‘shin razvedkachilari bo‘linmasi ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar o‘ziga xos yangi usul va uslublarda olib borildi. Harbiy xizmatchilar tog‘ tayyorgarligi yo‘lagida me'yor bajargan bo‘lsa, tog‘ qiyaliklari va tik qoyalarda harakatlanish mashqlarida esa yurt himoyachilari amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
O‘ndan ortiq o‘quv joylarida harbiylar bilan mashqlar mutlaqo yangi ko‘rinishda olib borildi. Erishilgan natijalar tanqidiy tahlil qilinib, yangi innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirib borilmoqda.
Ta'kidlash kerakki, amaliy mashg‘ulotlar real jang sharoitlariga imkon qadar yaqinlashtirilgan holda o‘tildi.
Mavzuga oid
10:05 / 03.02.2026
Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasiga ikki yangi hokim o‘rinbosari lavozimi kiritildi
11:52 / 31.01.2026
Zominda “Suffa” platosida Tracker va Cobalt xandaqqa tushib ketdi
11:31 / 31.01.2026
Jizzax viloyati hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
18:59 / 25.01.2026