Hujjatga köra, muddatli harbiy xizmatçilarni kasbga öqitişdan asosiy maqsad — ularni xizmatdan böş vaqtda va xizmatni tugatgandan keyin mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga örgatiş hamda bandligini ta’minlaşdan iborat.
Loyihaga asosan, öquv jarayonlari Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi. Mablağlar öquv kurslarini taşkil etiş, pedagog va boşqa xodimlar mehnat haqi, şuningdek, tegişli ajratmalarni qoplaş uçun yönaltiriladi.
Şuningdek, uzoq hududdan kelib dars ötadigan pedagoglarning yöl xarajatlari ham xarajatlar kalkulyatsiyasiga kiritiladi.
Nizom loyihasida texnikumlar, harbiy qismlar va hududiy bandlik boşqarmalari örtasida mablağ ajratiş hamda hisobot yuritiş tartibi ham belgilab qöyilgan.
Hujjatda qayd etilişiça, öquv jarayoniga jalb etilgan pedagog va boşqa xodimlarga iş haqi Mehnat kodeksida belgilangan muddatlarda tölab boriladi.
Askarlarni kasbga öqitiş uçun davlat mablaği ajratiladi
14:00 / 18.05.20262 5371 min
Özbekistonda muddatli harbiy xizmatni ötayotgan askarlarni kasb-hunarga öqitiş xarajatlari davlat hisobidan qoplab berilişi rejalaştirilmoqda. Bu böyiça tegişli nizom loyihasi işlab çiqildi.







