Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bag‘doddagi portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
Iroq poytaxti Bag‘dodda ikki portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi, taxminan 90 nafar inson jarohat oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, portlashlar Bag‘dod chekkasidagi Madinat-Sadr tumanida yuz bergan. Bu yerda asosan shialar istiqomat qilishi aytilmoqda. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, portlashlar o‘q-dorilar to‘la bo‘lgan qutilarni masjiddan mashinaga olib o‘tishayotgan vaqtda yuz bergan.
Avvalroq, 6 iyun kechki vaqt Bag‘dod sharqidagi Madinat as-Sadrda sodir etilgan portlashlar oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani, 93 kishi yaralangani haqida xabarlar tarqalgandi.