Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sportni rivojlantirish jamg‘armasiga yig‘imlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Foto: UA.News
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish
jamg‘armasiga yig‘imlarni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga yig‘imlarni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, yig‘imlar pivo, aroq va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun tatbiq etiladi.
Yig‘imlar 2018 yil 1 iyundan boshlab byudjyet tasnifining tegishli kodlari asosida ochilgan daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar orqali Jamg‘armaga to‘lanadi.
Yig‘imlar obekti O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 232-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda aniqlanadigan pivo, aroq hamda tamaki mahsulotlarining sotish hajmi hisoblanadi.
Yig‘imlar summalari yig‘im to‘lovchilarning hisobvaraq fakturalarida aks ettirilmaydi hamda yig‘im to‘lovchilarning xarajatlariga olib boriladi.
Mazkur yig‘imlar foyda solig‘i soliq solinadigan bazani aniqlashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chegiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari Jamg‘armaga yig‘imlar tushumi hisobini yig‘im to‘lovchining shaxsiy kartochkasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblangan hamda to‘langan summalarini aks ettirish orqali yuritadi.
Davlat soliq xizmati organlari yig‘im to‘lovchilar tomonidan yig‘imlarni hisoblab chiqilishi va o‘z vaqtida o‘tkazishlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoringni amalga oshiradi.
Hisoblangan yig‘imlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, yig‘imlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Mavzuga oid
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
15:04 / 31.12.2025
Sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 85 foizga chiqariladi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
22:15 / 21.12.2025