Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: politsiya olib qochilgan bronetransportyorni 100 kilometr quvib bordi
Qo‘shma Shtatlar politsiyasi taxminan 75 milya (120 kilometr) masofada harbiy qismdan o‘g‘irlab ketilgan bronetransportyor (piyoda askarlarni olib yurish va razvedka uchun belgilangan zirhli avtomashina)ni ta'qib qildi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, bronetransportyorni Blekstoundagi Amerika harbiy bazasi askarlaridan biri olib qochgan. Ta'qib etish taxminan 120 kilometr davom etdi, armiyaga qarashli transport vositasi soatiga taxminan 64 kilometr tezlikda harakatlangan. Richmond ko‘chalarida jinoyatchi politsiyaga taslim bo‘lishga qaror qilgan.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, bronetransportyorda qurol bo‘lmagan.
Hozirgi vaqtda politsiya bu shaxs shu ishni nega qilganini aniqlashtirish bilan band.
Mavzuga oid
07:21
Immigrant trak haydovchilarni cheklab, amerikalik faxriylarga almashtiramiz – Tramp
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026