Jahon | 18:10 / 08.06.2018
12454
1 daqiqa o‘qiladi

«Deyarli hal bo‘lgan ish». Hindiston Rossiyadan S-400 xaridi haqida ma'lumot berdi

Foto: Adan Cazarez/U.S. Army/Reuters

Hindiston Mudofaa vazirligidagi yuqori mansabli manbaning ma'lum qilishicha, Rossiyada ishlab chiqariluvchi S-400 raketa tizimlarini xarid qilishga oid muzokaralar deyarli o‘z yakuniga yetib qolgan. Bu haqda The Business Standard yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, Hindiston tomoni AQShning muzokaralar bo‘yicha tanqidiy fikrlaridan norozi bo‘lmoqda. Amerika tomonining ta'kidlashicha, Rossiyadan S-400’ni xarid qilish Hindiston bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikka salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

«Bu deyarli hal bo‘lgan ish. Bitim bosh vazir Narendra Modining prezident Vladimir Putin bilan joriy yildagi uchrashuvi vaqtida imzolanishini yakuniy tarzda kelishib olish qolgan, xolos», - deya aytib o‘tdi manba.

Shu bilan birga, aniqlik kiritilishicha, Hindiston AQShdan mamlakatga qarshi sanksiyalar joriy etilmasligiga doir kafolatlar olish niyatida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid