Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Tszinpindan jahon yetakchilari orasida birinchi bo‘lib Xitoy do‘stlik ordenini oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXR raisi Si Tszinpindan Xitoyning oliy davlat mukofoti - Xitoy Xalq Respublikasi Do‘stlik ordenini olgan davlat rahbarlaridan birinchisiga aylandi.
Bu orden qonun bilan asosiy davlat mukofoti sifatida tasdiqlangan, u 2016 yilning 1 yanvar kuni kuchga kirgan. Qonun bandlariga muvofiq, u bilan xorijiy fuqarolar Xitoy davlat qurilishi va modernizatsiyasiga qo‘shgan alohida hissasi, shuningdek, mamlakatning xorijiy davlatlar bilan aloqalari hamda hamkorligini rivojlantirish va tinchlikni ushlab turishga qaratilgan sa'y-harakatlari uchun taqdirlanadi.
Si Tszinpinning ta'kidlashicha, Putin Xitoyga 2000 yildan beri 19 marta tashrif bilan kelgan bo‘lib, bu jahon davlatlari rahbarlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. U Rossiya yetakchisini «Xitoyda eng taniqli va hurmat qilinadigan shaxs», deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tszinpin Nazarboyevga Xitoy Qozog‘iston bilan bir yo‘ldan ketishga tayyorligini aytgandi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026