19:27 / 08.06.2018
7420

«Real» Keyndan umid uzishi mumkin. U o‘z klubida qoldi

«Tottenhem» Harri Keyn bilan yangi 6 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi.

24 yoshli forvard London klubi bilan 2024 yil yoziga qadar amalda bo‘luvchi yangi shartnoma tuzgan.

Daily Mail xabariga ko‘ra, Keyn bu shartnoma bo‘yicha jami 90 million funt ishlab olishi mumkin bo‘ladi.

Angliyalik ushbu hujumchining hozirgi shartnoma bo‘yicha maoshi miqdori 100 ming funtni tashkil qiladi va yangi shartnomada bu miqdor ikki barobar ortgan, u bonuslarni qo‘shib hisoblaganda yiliga 15 million yevro oladi, natijada u APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

Keyn «shporlar» bilan ikki yil muqaddam 2021/22 yilgi mavsum oxiriga qadar amalda bo‘luvchi yangi shartnoma imzolagandi, ammo klub prezidenti Deniel Levi «Real» tomonidan jiddiy qiziqish mavjud bo‘lgan futbolchi bilan shartnomani yangilashga qaror qilgan.

Mavzuga oid
Top