Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yoqilg‘i tashish avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berildi
2018 yil 7 iyun kuni soat 19dan 12 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Mirzo Ulug‘bek tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi «Salar» kafesi oldida yoqilg‘i tashish avtoulovi yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 19dan 34 daqiqa o‘tganda bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida Hyundai rusumli yoqilg‘i tashish avtoulovining sisternasi va haydovchi kabinasi yonib, bir nafar fuqaro, ya'ni haydovchi yordamchisi kuyish tan jarohatini olgan.
Yong‘in, yoqilg‘i mahsulotlarini to‘ldirish va to‘kish ishlarini amalga oshirishda texnika va yong‘in xavfsizligi yo‘riqnomasini buzish oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin etilmoqda.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, barcha avtotransport va boshqa korxona rahbarlarini, yoqilg‘i mahsulotlarini saqlash, tashish, to‘ldirish va to‘kish ishlarini olib borishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishlarini so‘ragan.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026