O‘zbekiston | 07:58 / 08.06.2018
15729
5 daqiqa o‘qiladi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi, shuningdek ba'zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha:

Vazirlar Mahkamasining “2018-2020 yillar davrida faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma- bosqich joriy etish jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017 y. 25 apreldagi 239-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 17-son, 301-modda):

a) nomidagi ““yagona darcha”” so‘zlari “Davlat xizmatlari” so‘zlari bilan almashtirildi;

b) muqaddimadagi ““yagona darcha”” so‘zlari “Davlat xizmatlari” so‘zlari bilan almashtirildi;

v) 1-banddagi, 2-bandning birinchi xatboshisidagi va 3-banddagi ““yagona darcha”” so‘zlari “Davlat xizmatlari” so‘zlari bilan almashtirildi;

g) ilovaning nomidagi ““yagona darcha”” so‘zlari “Davlat xizmatlari” so‘zlari bilan almashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 y. 9 yanvardagi 17-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga import qilishga va O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“10. Arizachi ruxsatnoma olish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasiga yoki uning hududiy bo‘linmasiga, 2018 yilning 1 iyulidan boshlab esa, Davlat xizmatlari markazlariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi”;

b) 16-18-bandlardagi, 23-25-bandlardagi, 30-bandning birinchi xatboshisidagi va 37-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““yagona darcha”” so‘zlari “Davlat xizmatlari” so‘zlari bilan almashtirildi;

v) 22-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Davlat xizmatlari markazlariga kelish tartibida murojaat qilinganda - to‘lanadigan yig‘im summasining 20 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining byudjyetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga belgilangan tartibda o‘tkaziladi”;

g) 38-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Davlat xizmatlari markazlariga kelish tartibida - ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish yoki dublikatini berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im summasining 20 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining byudjyetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga belgilangan tartibda o‘tkaziladi.”;

d) 1-ilovaning “2-bosqich” pozitsiyasi “Ijrochi” va “Tadbirlar” ustunlaridagi “4-bosqich” va “5-bosqich” pozitsiyalari “Tadbirlar” ustunlaridagi ““Yagona darcha”” va ““yagona darcha”” so‘zlari “Davlat xizmatlari” so‘zlari bilan almashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 y. 12 yanvardagi 22-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 1-son, 10-modda):

a) 1-ilovaning 24-bandi ikkinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik sub'yektlariga ““yagona darcha”” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi yagona markazlar” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirildi;

b) 2-ilovaning 27-bandidagi ““yagona darcha”” tamoyili asosida davlat xizmatlarini amalga oshiruvchi markazlar” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 y. 31 yanvardagi 70-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 1-son, 26-modda) 53-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“Davlat xizmatlari markazlari xodimlari lavozim maoshlari, lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari bo‘yicha Agentlikning hududiy boshqarmalari bo‘limlari xodimlariga tenglashtiriladi”. 

Mavzuga oid