Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Tojikiston bilan savdo hamkorligi faollashganini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi savdo hamkorligi faol rivojlanmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Joriy yilning birinchi choragida o‘zaro savdo aylanmasi 18 foizdan ko‘proqqa oshdi. Shuning uchun bu boradagi ishlar faollik bilan olib borilmoqda», - deya aytib o‘tdi Putin Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvda.
Prezidentning ta'kidlashicha, Rossiya kompaniyalari Tojikiston iqtisodiyotiga deyarli 2 mlrd dollar miqdorida mablag‘ kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026