Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Xitoyning Tsindao şahrida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Vladimir Putinni Rossiya prezidentligiga qayta saylangani bilan yana bir bor tabriklab, Rossiya bilan strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari Özbekiston taşqi siyosatining özgarmas yönalişi ekanini ta'kidladi.
Bir yilda özaro 70 ta delegatsiya taşrifi amalga oşirilgani, 21 marta hududlararo uçraşuvlar ötkazilgani aloqalarning bugungi sur'ati va miqyosidan dalolat beradi. Joriy yilning birinçi çoragida mamlakatlarimiz örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 40 foizdan ziyod ösgan. Hali oldinda yana yirik loyihalarimiz köp, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Rossiya prezidenti davlat rahbari bilan uçraşuvdan mamnunligini ta'kidlab, mamlakatlar hamkorligida köplab samarali loyihalar amalga oşirilayotganini qayd etdi.
Ötgan yili Rossiyaga taşrifingizdan keyin hammasi ijobiy tomonga özgardi. Sizning taşabbusingiz bilan çegaralardan ötişda «yaşil yölak» taşkil etilgani natijasida Özbekiston meva-sabzavotlarini yetkazib beriş qariyb 36 foiz oşdi. Rossiyaning yetakçi kompaniyalari iştirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda, dedi Vladimir Putin.
«Lukoyl» kompaniyasi Özbekistonga 7 milliard dollar investitsiya kiritgani, joriy yil aprelda Qandim gazni qayta işlaş majmuasi işga tuşirilgani qayd etildi. «Rosatom» Atom energiyasi böyiça davlat korporatsiyasi bilan energetika sohasida şeriklik va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirişga kelişib olingani ta'kidlandi.

Joriy yilning kuzida Özbekistonga oliy darajadagi taşrif kutilmoqda. Şuningdek, Toşkentda ilk bor Özbekiston va Rossiya hududlararo forumini ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Uçraşuvda uşbu muhim tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitiş, buning uçun vazirlik, kompaniya va hududlar örtasidagi aloqalarni faol davom ettirişga kelişib olindi.











