Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ko‘p martalik kosmik raketa loyihasini ishlab chiqish yakunlanmoqda
Rossiyada «Proton» va «Angara» raketalarini ishlab chiqaruvchi Xrunichev nomidagi kosmik markaz bir oydan so‘ng Roskosmosga ko‘p martalik raketa-tashuvchi bo‘yicha o‘z konsepsiyasini taqdim etadi. Bu haqda RIA «Novosti» markazning kommunikatsiyalar bo‘yicha direksiyasiga asosan xabar qilmoqda.
«Ayni damda M.V.Xrunichev nomidagi kosmik markaz «Kosmik raketa majmualari va ko‘p martalik turli sxemadagi birinchi pog‘onalarga ega raketa-tashuvchilar, jumladan, vertikal qo‘nish, parashyut-reaktiv qutqaruv tizimi va qaytariluvchi pog‘ona qanotli sxemasi bo‘yicha» loyiha-izlanish tadqiqotlarini olib bormoqda», - deya aytib o‘tdi korxona vakili.
Uning ta'kidlashicha, ish natijalari buyurtmachiga, Roskosmos bosh ilmiy institutiga joriy yilning iyul oyida taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning birinchi ko‘p martali kosmik raketasi qachon sinovdan o‘tkazilishi aytilgandi.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026