Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida yana bir chorrahada avtomobillar qatnovi tiklanadi
So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrining ko‘plab chorrahalari avvalgi holatiga qaytarilmoqda va ularda avtomobillar harakati yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari tutashgan (Pionerskiy) chorrahada ham demontaj ishlari olib borilmoqda. Unda 10 iyundan avtomobillar harakati tiklanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq, xalq orasida “Sport tovarlari” nomi bilan mashhur Qatortol va Muqimiy ko‘chalari chorrahasi qayta ochilgani haqida xabar qilingan edi. Ma'lumki, Nurafshon ko‘chasi Muqimiy ko‘chasi bilan tutashtirilganidan keyin mazkur Muqimiy ko‘chasiga yondosh yo‘llar chorrahalari yopilgan va uzluksiz harakat yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu, o‘z navbatida, avtomobillar va fuqarolar harakatlanishida noqulayliklarga sabab bo‘ldi.
Bundan avvalroq Toshkent shahrining Matbuotchilar va Istiqlol ko‘chalarida avtomobil harakatiga ruxsat berilgandi.
Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:48 / 06.07.2026
Toshkentda uy xizmatchisi 91 yoshli ayolni qiynab kelgani aniqlandi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:30 / 23.06.2026