Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Singapurga Kim Chen In bilan uchrashgani yo‘l oldi
Foto: © AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” sammitida ishtirok etgan Kanadadan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashgani Singapurga jo‘nadi.
Tramp Singapurga mahalliy vaqt bilan 10 iyunda soat 20:35da (Toshkent vaqti bilan soat 17:35da) yetib kelishi kutilmoqda. Uchrashuv 12 iyunda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Tramp unga Kim Chen Inning jiddiy niyatdaligini bilishi uchun bir daqiqa kifoya qilishini aytgandi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh Shimoliy Koreya bilan tubdan yangi munosabatlarga intilayotgani, Shimoliy Koreyaning to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishi masalasida taraqqiyotga erishishga umid qilayotganini aytgan. Uning ta'kidlashicha, AQSh Shimoliy Koreyaga xavfsizlik kafolatini berishga tayyor, Kim Chen In esa “katta strategik qarorni” qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025