14:50 / 11.06.2018
23135

Gaz tarmoqlariga ulanish tartibini bilasizmi?

Foto: RIA Novosti

Gaz tarmoqlariga ulanish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda “Huquq axborot” kanali.

I bosqich – iste'molchi tomonidan xizmatdan foydalanish uchun ariza topshirish. II bosqich – arizani ko‘rib chiqish hamda texnik shartlarni taqdim etish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish. III bosqich – iste'molchilarni gaz tarmoqlariga ulash. IV bosqich – tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz ta'minoti shartnomasini tuzish va tabiiy gazni yetkazib berish.

Iste'molchi xizmatdan ikki usuldan foydalana oladilar:

• bevosita davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etadi;
• Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (davlat xizmatlari portali) davlat xizmatidan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Iste'molchi Davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilganida xizmatlardan foydalanish uchun unda elektron raqamli imzo (ERI) bo‘lishi shart.

Davlat xizmatlari markazlari iste'molchilar ERIni joyning o‘zida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni ta'minlashga majburdir.

Ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (17240 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Iste'molchilarda ERI mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, so‘rovnomada noto‘g‘ri ma'lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top