Jahon | 21:11 / 11.06.2018
3367
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada oliy aksilkorruptsion sud tashkil etiladi

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko talabalar bilan uchrashuv davomida mamlakatda oliy aksilkorruptsion sud tashkil etilishi haqidagi qonunni imzoladi.

“Juda tantanali lahza, men sizning guvohligingiz ostida Ukraina qonunini imzolamoqdaman. Nihoyat, biz oliy aksilkorruptsion sud haqida “qonun loyihasi” iborasini qo‘llashdan to‘xtadik”, deb aytgan Poroshenko.

Ushbu sudni tashkil etish qarori Xalqaro valyuta jamg‘armasi talablariga ko‘ra qabul qilingan, chunki bu talab jamg‘arma Ukrainaga keyingi transhni taqdim qilishi uchun muhim talablardan biri hisblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid