Jamiyat | 14:32 / 11.06.2018
5582
2 daqiqa o‘qiladi

Zangiota tumanida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ochildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumani markazida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining hududiy bo‘limi ochildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi  PF-5325-sonli farmoniga asosan amalga oshirildi.

Tuman hokimligining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ushbu markaz Toshkent viloyati “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining viloyat boshqarmasi Zangiota tuman bo‘limiga aylandi. Markazga bu sohada ko‘p yillardan beri ishlab kelayotgan tajribali mutaxassislar biriktirilgan. 

"Zangiota tumanida 56 113ta oila mavjuddir. Yangi markaz o‘z ish faoliyatida tumandagi oilalar mustahkamligi, ayniqsa yosh oilalarning tinch-totuvlikda ahillik bilan kamol topishiga madadkor bo‘ladi", - deya xabar berishgan hokimlikdan. 

Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid