Islomşunos olim Nuriymon Abulhasan hayit bayramini nişonlaş, umuman, şar'iy marosim va tadbirlarni ötkaziş borasida yöl qöyilayotgan xatolar, keraksiz amallar haqida söz yuritdi.

“Odamlarimiz hozir kitob öqib emas, kimdandir eşitib örganayotgani ularni zalolatga va jaholatga yetaklayotganini biz anglab olişimiz kerak. Bugungi kunda butun dunyo Ramazon hayitini kötarinki ruhda, şukuh bilan va bayramona kayfiyatda kutib oliş arafasida turgan bir kezda, Imom Buxoriy yurtida esa mana şu bayramni juda ham köplab musulmonlarimiz aza ruhida, motam ruhida kutib olişga şay turişibdi. 

Özbekiston Respublikasi hududida mana şu Hayit bayramida aza tutiş va şu bilan birgalikda motamsaro xonadonlarda odamlarni kutib oliş qayerdan paydo böldi? Sovet ittifoqi davrida dinni tahqirlaş kampaniyasi boşlangan edi. Bu şu darajaga borib yetdiki, musulmonlarimizni eng muqaddas kun – Hayit bayramini bizga aza sifatida taqdim etdi. Biz öşa kunlari bir-birimizning xonadonlarimizga borib, hayit bilan tabriklab, bolalarimizga sovğalar ulaşib, ota-onamizni ziyorat qilib, bu kunni bayram qilib ötkaziş örniga, öşa kunlari aza tutdik.

Heç qaysi musulmon öz yaqinining janozasida, şu bilan birga, öşa janoza ötgandan keyin şariatda körsatilgan uç kunlik “Fotiha kunlari”da ta'ziya bildira olmagan kunlar bölgan edi. Sovet ittifoqi bu narsaga yöl qöymagan. 

Islomşunos olim Nuriymon Abulhasan

Öz boşimdan ötgan voqeani eslab ötmoqçiman. Dadamiz yiğlab turib aytgan edilarki: “Bolalarim! Bu yerda onamdan judo bölayapman, ikkinçi tomondan sizlarning kelajaklaringni öylagan holda mana şu janozaga qatnaşa olmadim”. Biz bu gaplarni xali-hanuz eslaymiz. 

Bizda hozir hayitlik deganda azadorlik tuşunçasi paydo bölib qolgan. Islom har bir insonni “dorul baqo”ga rixlat qilgandan keyingi holatini aniq va tiniq aytib ketgan. Uç kun aza tutiladi va agarda kim törtinçi kun öşa musibatxonaning yarasini yangilasa, gunohkor böladi.