Özbekistonda duşanba kuni kunduzi respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat +22…+27, janubda 30 darajagaça iliq böladi deya xabar bermoqda «Özgidromet».

Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati şimolida ba’zi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin.

9 aprel kuni Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomğir yoğadi va havo harorati +15…+20 darajagaça pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati +15…+20 darajagaça pasayadi.

10–11 aprel kunlari Özbekistonning barça hududlari böyiça yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati yana +22…+27 darajagaça, janubda +30 darajagaça kötariladi.

12–14 aprel kunlari beqaror ob-havo bölişi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomğir yoğadi, ayrim joylarda momaqaldiroq böladi. Harorat asosan keçalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari +18…+23 daraja böladi. Respublika şimolida yomğir yoğişi ehtimoli kam.

Toğli hududlarda 9 aprel va 12–14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, baland toğlarda qor) böladi. Qor köçişi xavfi saqlanib turadi. Respublikaning ayrim joylarida şamol tezligi 15–20 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Toşkent şahrida esa duşanba kunduzi havo asosan biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +24…+26 daraja böladi. 9 aprelda ertalab va kunning birinçi yarmida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat +16…+18 daraja böladi.

10–11 aprel kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +22…+24 daraja böladi. 12 aprelda kunning ikkinçi yarmida va 13–14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat +18…+23 daraja böladi. Harorat asosan keçalari +7…+12 daraja bölişi kutilmoqda.