Xöş, hayit namozi öqişga ruxsat berilmagan ekan, mömin Ramazon oyi yakunida Robbiga şukronalikni ado qiliş uçun qanday ibodat qilişi mumkin?
Kun.uz xorijdagi köplab vatandoşlarimizni qiziqtirayotgan uşbu savolga Özbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo bölimi mudiri örinbosari Saidjamol Masaitovdan javob oldi.
«Hanafiy mazhabiga binoan, hayit namozlarini ado etiş vojib amal hisoblanadi. Biroq, Islom şariatida inson salomatligini himoya qiliş birinçi örinda turadi. Şu bois, mabodo, ma'lum bir hududdagi musulmon ulamolari tomonidan pandemiya singari ayrim sabablarga binoan Hayit namozi ado etilmasligiga fatvo berilgan bölsa, Hanafiy mazhabida Zuho (çoşgoh) namozini ado etişlik tavsiya qilinadi.
Zuho namozining vaqti Ramazon hayitining birinçi kuni quyoş çiqqanidan 15 daqiqa ötgaç kiradi va quyoş tikkaga kelişidan 15-20 daqiqa qolgunça davom etadi.
Zuho namozi ham boşqa nafl namozlar singari ado etiladi. Uning eng kami 2 rakat öqiladi, köpi namozxonning himmatiga boğliq böladi», – dedi Saidjamol Masaitov.

Eslatib ötamiz, ötgan 2020 yildagi qat'iy karantin çeklovlari vaqtida Özbekistonda jamoat bölib Ramazon hayiti namozini öqiş imkoni bölmagan, buning örniga musulmonlar öz xonadonlarida Zuho namozini öqişgan edi.







