Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qamchiq» dovoni orqali ishlab chiqarilgan yili 20 yildan ortiq bo‘lgan yuk avtotransportida yuk tashish taqiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Ichki ishlar vazirligining “Yuk avtotransport vositalarini «Qamchiq» dovonidan o‘tishi va harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan yuk avtotransport vositalarini «Qamchiq» dovonidan o‘tishi va harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin:
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-son «O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta'minlash va tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 52-son, 562-modda), 2012 yil 10 iyuldagi 204-son «Qamchiq» dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 28-son, 319-modda) va 2018 yil 6 apreldagi 268-son «Qamchiq» dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2018 y., 09/18/268/1042-son) qarorlariga muvofiq, yuk tashiyotgan yuk avtotransport vositalarining «Qamchiq» dovoniga kirishi hamda unda harakatlanishi ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi».
4-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi 268-son «Qamchiq» dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, ishlab chiqarilgan yili 20 yildan ortiq bo‘lgan yuk avtotransport vositalari va shatakchi avtotransportda (tirkama va yarim tirkamalar bundan mustasno) «Qamchiq» dovoni orqali yuklarni tashish taqiqlanadi».
6-bandidagi «O‘zavtoyo‘l» DAK» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
7-bandidagi «O‘zavtoyo‘l» DAK» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
8 va 9-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
16-bandidagi «O‘zavtoyo‘l» Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:35 / 19.03.2026
Avtotransportlarga yonilg‘i berish tartibi yangilanishi mumkin
08:11 / 18.03.2026