Sport | 08:33 / 12.06.2018
4051
2 daqiqa o‘qiladi

Olimpiya o‘yinlari sovrindori temir yo‘l kompaniyasini irqchilikda aybladi

Foto: Getty Images

Britaniyalik gimnast, yozgi Olimpiya o‘yinlarining to‘rt karra sovrindori Luis Smit temir yo‘l kompaniyasini poyezdda chipta ko‘rsatish haqidagi iltimos tufayli irqchilikda aybladi. 

«Ha, poyezddagi safar juda qiziqarli va siyosiy tusga ega bo‘ldi.

Birinchi sinfdagi vagonda choy va taom bergan xodim qo‘shnilarimdan biridan chipta borligini so‘radi, keyin esa uni taqdim etishni talab qildi», - deya yozgan sportchi tvitterdagi o‘z sahifasida.

Smitning qayd etishicha, provodnik faqatgina ikki nafar qora tanli yo‘lovchidan chiptalar so‘ragan, jumladan undan ham.

«Shundan so‘ng biz poyezd menejyerining oldiga bordik va vaziyat haqida aytdik. Menejyer uzr so‘radi va vagondagi xodim noto‘g‘ri ish tutganini, ammo u yo‘lovchilardan chipta bor yoki yo‘qligini so‘rashga haqli ekanini aytdi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid