Jahon | 08:54 / 13.06.2018
7467
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyaning besh fuqarosini iqtisodiy sanksiyalarni buzishda aybladi

Foto: EPA

Suriyalik uch shaxs va Rossiyaning besh fuqarosi Amerika sanksiyalariga qaramay, Suriyaga aviatsiya yoqilg‘isi yetkazib berishga urinishlarda ayblandi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi saytida xabar qilinadi. 

Adliya vazirligidan xabar berishlaricha, Rossiya va Suriyadan bo‘lgan sakkiz nafar ishbilarmon Suriyaga yoqilg‘i yuborishga va bu davlatga AQSh dollarlari olib o‘tishga harakat qilgan. Pullar Amerika sanksiyalari ostida bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan edi. Vazirlikdan ta'kidlashlaricha, ishbilarmonlar kelishuvni AQSh Moliya vazirligi litsenziyasini olmasdan turib amalga oshirmoqchi bo‘lishgan.

Ayblovlar Rossiyaning besh fuqarosiga qo‘yildi: Ivana Okorokova, Ilya Loginov, Karen Stepanyan, Aleksey Konkov va Lyudmila Shmelkova.

Qayd etilishicha, Rossiyadan bo‘lgan bu shaxslarga Suriyaning uch fuqarosi yordam bergan. Barcha shaxslar sanksiyalarni buzish va pul yuvishda ayblanmoqda, ular 25 yilgacha qamalishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid