Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: Rossiya bilan normal munosabatlarga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan davlatlar ortmoqda
G‘arbda Rossiya bilan normal munosabatlar tarafdori bo‘lgan davlat soni ortmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rus notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvda ma'lum qildi, deb xabar berdi RIA «Novosti».
«Mening o‘ylashimcha, bizning g‘arbdagi hamkasblarimiz shuni tushunishi kerakki, davlatlararo munosabatlar o‘zaro hurmat prinsiplari, bir birining manfaatini hisobga olishga asoslangan bo‘lishi lozim. Umuman olganda, sog‘lom fikr o‘z yo‘lini asta-sekin topib borayotgani odamni xursand qiladi», - deya aytib o‘tdi vazir.
Uning ta'kidlashicha, rossiyalik diplomatlar buni Yevroittifoqqa a'zo bo‘lgan ba'zi davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda ko‘rgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mamlakatlar soni ortib bormoqda.
«Asosiysi, albatta, bayonotlar va hozirgi vaziyat normal emasligini tushunish aniq amaliy harakatlarga o‘tishi kerak. Biz sheriklarimizning normal, to‘laqonli munosabatlarni tiklashini kutishga tayyormiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik deputat Ukrainaga tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026