Rossiya Davlat dumasining Qrimdan deputati Ruslan Balbekning aytişiça, Ukraina tomoni Azov dengizi hududida turli xildagi zarba guruhini taşkil etmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Balbekning sözlariga köra, Ukraina Rossiya çegaralari yaqinida hujumkor aviatsiyani ham joylaştirmoqda.
«Ukraina tomonidan futbol böyiça jahon çempionati vaqtida Rossiya çegaralari yaqinida turli xildagi zarba guruhining taşkil etilişi - Ğarb ommasi öyiniga öynaş. Bu Rossiya bilan munosabatlarni keskinlaştirişga qaratilgan», - deya aytib ötdi Balbek.
Uning qöşimça qilişiça, Ğarbning «jazavasi», Ukraina tomonidan tajovuzkorlik hamda jahon çempionati Rossiyani «pozitsiyani yengillaştiriş» va tinçlik haqidagi «şubhali» muzokaralarga kirişişga majburlay olmaydi.
Balbekning ta'kidlaşiça, Ukrainaning Azov dengizidagi istalgan xatti-harakatlari tölaqonli harbiy hujum sifatida köriladi, Rossiya bunga xuddi şunday javob qaytaradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq ukrainalik general Rossiya hammasini qaytarişi haqida ma'lum qilgandi.












