Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya elchixonasi AQShga chaqiriq bilan chiqdi
Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Amerika hukumatini «Novichok» jangovar zaharlovchi modda haqidagi ma'lumotlarni ochiqlash va o‘zining kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Elchixona Davlat departamentiga Suriyadagi kimyoviy hujumlar sahnalashtirilganini ham eslatgan.
«Hattoki Davlat departamenti matbuot kotibi ham Suriyada bunday ssenariy bo‘yicha kimyoviy qurolga aloqador fitnalar yuz berganini rad eta olmayapti. Sizlarga Dumada sahnalashtirilgan «hujum» fosh etilganini eslatib qo‘ymoqchimiz. «Novichok» haqidagi ma'lumotlarni ochiqlang! Kimyoviy qurol zaxiralaringizni yo‘q qiling!», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyaning Suriyaga aloqador navbatdagi yolg‘oni haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026