Jahon | 12:14 / 15.06.2018
8243
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada milliy razvedka sobiq rahbarlari qamaldi

Seul markaziy sudi Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatining uch nafar sobiq rahbarini qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda TASS sud materiallariga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, mahkama rahbarlari sobiq prezident Pak Kin Xening hisob raqamlariga 3,24 mln dollar mablag‘ni o‘tkazib berganlikda ayblangan.

Foto: Reuters

«Milliy razvedkaning alohida xarajatlari ma'lum bir vazifalarga sarflanishi kerak. Ular orasida Janubiy Koreya va xorijda ma'lum yig‘ish ham bor. Mamlakat prezidentiga muntazam to‘lovlarni amalga oshirish bunday vazifalar ichiga kirmaydi hamda shu sababdan qonunga ziddir», - deyiladi sud qarorida.

Maxsus xizmat sobiq rahbarlari Nam Chje Chjun, Li Byun Gi va Li Byon Xo uch yildan uch yarim yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar beradi agentlik.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid