Jahon | 22:12 / 17.06.2018
4148
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi ko‘rgazmada yuz bergan otishmada o‘ndan ko‘proq odam jarohat oldi

Foto: flickr.com-Timo

AQShning Nyu-Jyersi shtatida joylashgan Trenton shahridagi Art All Night ko‘rgazmasida noma'lum kimsalar otishma sodir etdi. Voqea 17 iyunga o‘tar kechasi yuz bergan. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ikki kishi mahalliy vaqt bilan soat 2.45da ko‘rgazmada o‘t ochgan. Bosqinchilardan biri bo‘lgan 33 yoshli erkak o‘ldirilgan, ikkinchisi esa qo‘lga olingan.  

Otishma oqibatida 16 kishi o‘qotar jarohat olganini ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. Tadbirda mingga yaqin odam ishtirok etayotgan bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid