Jahon | 07:40 / 17.06.2018
2458
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun Kolumbiyada prezident saylovlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi 

Foto: Gustavo Petro va Ivan Duke/Foto: AP

17 iyunda Kolumbiyada prezident saylovlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tadi. 

Saylovlarning 1-bosqichi 27 may kuni bo‘lib o‘tgandi. Uning yakunlariga ko‘ra, 2-bosqichga saylovchilarning 39,14 foiz ovozi bilan “Demokratik markaz” partiyasi nomzodi Ivan Duke va 25,08 foiz ovoz bilan uning so‘l kuchlardan raqibi Gustavo Petro chiqqandi.

Saylovlardan 10 kun avval o‘tkazilgan Lotin Amerikasi strategik geosiyosati markazi so‘rovnomasining ko‘rsatishicha, Dukega so‘ralganlarning 45,5 foizi, Petroga 40 foizi ovoz berishga tayyor. Kolumbiyada hammasi bo‘lib 36,2 mlndan ko‘proq odam ovoz berish huquqiga ega.

Saylovlar munosabati bilan 16 iyundan 18 iyun ertalabgacha mamlakatda namoyishlar o‘tkazish hamda spirtli ichimliklar ichishga taqiqlov amal qiladi. Bundan tashqari, Kolumbiya hukumati saylovlar o‘tkazilishi vaqtiga qo‘shni Venesuela bilan chegarani yopishga qaror qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid