Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada piyodalarni urib yuborgan taksichi Qirg‘izistonning haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan
Moskva markazidagi Ilinka ko‘chasida piyodalarni urib yuborgan taksichi Qirg‘izistonda berilgan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan. Bu haqda Moskva hukumatining yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi ma'lum qildi.
Guvohnomaning suratiga ko‘ra u 2013 yil 13 avgustda 1990 yilda tug‘ilgan Chingiz Anarbek o‘g‘li degan shaxs nomiga berilgan.
Avvalroq taksichi yo‘lning qatnov qismidan piyodalar yo‘lkasiga chiqib ketib, odamlarni urib yuborgani ma'lum qilingandi. Taksichi odamlarni urib yuborgach, mashinadan tushib qocha boshlagan, biroq uni ketidan quvlashga tushgan odamlar tomonidan tutib olingan.
Moskva sog‘liqni saqlash departamentida ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida 8 kishi jabrlangan, ulardan 7 nafarining ahvoli qoniqarli, bir ayol esa o‘rtacha og‘irlikdagi jarohat olgan. Jabrlanganlar orasida 2 nafar meksikalik, 2 nafar ozarboyjonlik, 2 nafar rus va bir ukrainalik borligi ma'lum qilingan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yo‘l transport hodisasiga haydovchining boshqaruvni qo‘ldan chiqargani sabab bo‘lgan. Haydovchining aytishicha, u bu ishni ataylab qilmagan.
Yo‘l transport hodisasi yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “Yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026