Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:35 / 17.06.2018
6565
1 daqiqa o‘qiladi
Nyu-Yorkdagi yirik yong‘inni o‘chirish vaqtida 20 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat oldi
Foto: @FDNY / twitter.com
Nyu-York shahrining Steyten-Aylend tumanida yuz bergan yong‘inni o‘chirish davomida 20 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat oldi. Bu haqda 17 iyunda shaharning o‘t o‘chirish xizmati ma'lum qildi.
Kamida 5 ta bino yong‘in ichida qolgan. Yong‘inni o‘chirishda 250 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etgan.
Ulardan kamida 20 nafari turli jarohatlar olgan. Ma'lum qilinishicha, ulardan 4 nafariga jiddiy jarohat yetgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish