2018 yilning 5 aprelida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonunni imzoladi.

Milliy xavfsizlik xizmatini (MXX) isloh qiliş doirasida idoraning nomi Davlat xavfsizlik xizmatiga (DXX) özgartirildi. Mazkur xizmatning isloh qilinişi haqida ilk bor prezident 2017 yil yakunlari böyiça mamlakat parlamentiga murojaatnomasida aytib ötgan edi. 2017–2021 yillarda Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasi umumiy konsepsiyasida bu rejali va oqilona qadam sifatida tilga olingan: «MXXni isloh qiliş fursati yetib keldi…». Bu gaplar bilan davlatimiz rahbari qonunning qabul qilinişi zaruriyati va fursat yetib kelganini ta'kidlagan edi.

Biz hujjatni tahlil qilib, bunga sabablarni tuşunişga va xulosalar çiqarişga qaror qildik.

Tarixdan bir şingil

Şu faktni qayd etiş joizki, SSSR davrida Davlat xavfsizlik xizmati katta rol öynagan va ulkan vakolatlarga ega bölgan. SSSRda DXQ (KGB) 1954 yilning 13 martida SSSR Ministrlar kengaşi qoşida tuzilgan edi. DXQ tarkibida tuzilmaning boş boşqarmasi bilan birgalikda 21 boşqarma mavjud edi va butun mamlakat böylab DXQning «birinçi bölimi» faoliyat körsatib, u korxona va muassasalarda iş olib borgan: jamoatçilik kayfiyati ustidan nazoratni vujudga keltirgan. Xalq örtasida DXQ «qiliç va qalqon» taşkiloti deyilar, bunga idoraning ramzi asos bölgan edi. Köpinça taşkilot işida «qalqon» emas, «qiliç» prinsipi işga solinişi haqida gap-sözlar yurardi, bu holda tuzilmaning kuçişlatar uslublari va total ijtimoiy nazoratni qöllaşiga şa'ma qilişardi. DXQ hamma iş bilan şuğullanardi — birinçi şaxsni qöriqlaşdan tortib, razvedkagaça.

Ötgan asrning 60-yillarida DXQning ahamiyati yanada oşdi, çunki 1967 yilda unga Yuriy Andropov rahbar etib tayinlandi. 1978 yilda DXQning beşinçi bölimi siyosiy qatağonlarni qöllay boşladi. Hattoki Yuriy Andropovning KPSS MQga işga ötganidan söng ham u eng asosiy lavozimlarga öziga sadoqatli insonlarni qöya boşladi. 70-80-yillarda xalq DXQni «kontora» deb atay boşladi, bunda tuzilma rahbariyati partiyaga oidligiga işora qilindi. DXQ öz «yuzi»ni yöqota boşladi. 80-yillar söngida uni qayta jonlantirişga uriniş böldi, DXQ tuzilmalari respublika hokimiyati organlari tasarrufiga ötdi, biroq SSSR inqirozga uçrab, parçalangaç — 1991 yilda qömita tarqatib yuborildi.